Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharqona” jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining saralash bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallashdi

26.04.2018, 11:37 Yangiliklar 301

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining faol talabalaridan tuzilgan “Sharqona” jamoasi, 24-aprel kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutida o’tkazilgan “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining saralash bosqichida faxrli birinchi o’rinni egallashdi. Bu bosqichda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan bir qatorda Toshkent arxitektura va qurilish instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan jamoalar bellashishdi. Umumiy hisob bo’yicha TDSHI birinchi o’rin va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi, TDIU ikkinchi o’rin va TAQI uchunchi o’ringa loyiq deb topildilar. G’alaba muborak bo’lsin “Sharqona” jamoasiga!

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: