Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Shoir Omon Matchon bilan uchrashuv

16.03.2017, 16:39 Yangiliklar 605

2017-yil 14-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matchon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Omon Matchon talaba-yoshlar bilan dildan suhbatlashib, ularga o‘zining bosib o‘tgan ijod yo‘li, asarlarida ko‘tarilgan mavzular xususida to‘xtalib o‘tdi. Zamonaviy adabiyot, zamonaviy kitobxon mavzulari doirasida qizg`in baxs yuritdi. Shu o‘rinda kitob o‘qishning afzalliklari borasida so‘z yuritdi. Kitob mutolaa qilgan odam dunyoga teran nigoh bilan boqishini, muammoli vaziyatlarda to‘g`ri fikr-mulohaza yuritishini, oqni qoradan ajrata olishini, doimo yaxshilikka oshno bo‘lishini aytib o‘tdi. Uchrashuv chog`ida talabalar shoir she’rlaridan yod o‘qidilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, shoirning atroflicha javoblarini olishdi. Qimmatli vaqtini ayamay talaba-yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvga tashrif buyurgan shoir Omon Matchonga institut rahbariyati va talabalari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi. Uchrashuv barchada iliq taassurot qoldirdi.

photo_2017-03-16_16-34-52 photo_2017-03-16_16-35-04 photo_2017-03-16_16-35-00 photo_2017-03-16_16-34-56

Sh.Jo‘rayev

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: