Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“So‘z mulkining sultoni”

11.02.2018, 19:40 Yangiliklar 925

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida joriy yilning 9 fevral kuni soat ulug‘ ajdodimiz, buyuk mutafakkir, hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosbati bilan “So‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni TDSHI rektori, f.f.d. prof. Abduraxim Mannonov ochib berdi. Tadbirda Tojikiston Respublikasi Xojand davlat universiteti prof. f.f.d., Abdusalom Abduqodirov, adabiyotshunos olim Sultonmurod Olimov, navoiyshunos olim Boqijon To‘xlievlar o‘z nutqi bilan qatnashdilar. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq xofizi Beknazar Do‘stmurodov boshchiligidagi artistlar professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga Navoiy ijodidan kuylar ijro etdilar. Shundan so‘ng TDSHI talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga namoyish etilib, Navoiy g‘azallari ijro etildi. Tadbirda yosh shoira Yo‘ldosheva Nargiza Navoiyga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

photo_2018-02-11_19-38-45 photo_2018-02-11_19-38-56 photo_2018-02-11_19-39-08 photo_2018-02-11_19-39-17 photo_2018-02-11_19-39-20 photo_2018-02-11_19-39-34

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: