Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv

23.02.2020, 15:41 Yangiliklar 49

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbusning 4-tashabbusini amalga oshirish maqsadida Turkiy tillar kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi xalqaro aloqalar bo’limi rahbari A.G’ulomov bilan talabalar uchrashuvini uyushtirdi. Tadbirda A.G’ulomovning “İstanbul daftari” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob muallifi o’z asari misolida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 19-20 fevral kunlari Turkiyaga safari, davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari ham alohida tilga olindi. Tadbirga “Diniy bag’rikenglik, yot g’oyalarga qarshi kurash” mavzusidagi ma’ruza ham tinglandi. Ma’ruzani Chilonzor tumanidagi “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi J.Raupov o’qidi. Shu bn birga “Korrupsiya va yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga ham e’tibor qaratildi. Bu masala xususida Mirobod tumani İİB xodimi, podpolkovnik Q.Zayniddinov ma’lumot berdi.

photo_2020-02-22_12-36-16-1024x768 photo_2020-02-22_12-36-12-768x1024 photo_2020-02-22_12-36-08-1024x768 photo_2020-02-22_12-35-50-1024x768

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: