Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar turar joylari

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyi haqida

MA’LUMOT

         Institut Talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat “Talabalar turar joyi pasporti” hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 5 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan.

Talabalar turar joyi institut ichki tartib qoidalari nizomi, “Talabalar turar joyi” to‘g‘risidagi nizom, TTJ “Talabalar kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hujjatlarning barchasi institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va Talabalar turar joyida mavjud.

Institut Talabalar turar joyi 4 qavatdan iborat. 220 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 196 nafar talaba istiqomat qiladi.

TTJda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Barcha xonalar qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko‘rpa-to‘shak, jildlar, sochiqlar) bilan ta’minlangan. Bino xududida obodonlashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Jumladan dekorativ daraxtlar, bir yillik va ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekilgan, bardyur, daraxtlar va yo‘laklar oqlangan.

Barcha elektr plitalar soz holatda, sanitariya xolati yaxshi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinmoqda.

50 kishiga mo‘ljallangan o‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi tibbiyot hamda tarbiyachilar xonalari “Talabalar turar joyi” ning birinchi qavatida joylashgan. Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush har bir qavatning o‘ng va chap taraflarida joylashgan.

Har bir qavatda televizorlar bor. “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi jihozlangan.

Axborot resurs markazining filiali “Talabalar turar joyi”ning birinchi qavatida joylashgan. Kutubxonada 8500 dan ortiq zaruriy adabiyotlar mavjud. Ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kutubxona 16 nomdagi gazeta va jurnallar bilan o‘z vaqtida ta’minlangan. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning barchasi kutubxonaga a’zo. Axborot resurs markazining filialiga talabalar turar joyi “Talabalar kengashi”dan bir talaba mas’ul etib tayinlangan.

Talabalar turar joyiga oid chiqazilgan barcha yangi buyruq va tadbirlar rejalari, shuningdek, talabalar turar joyi hayotiga doir yangiliklar shu yerda mavjud me’yoriy hujjatlar taxtasi va e’lonlar taxtasida o‘z aksini topadi.

Shuningdek, Talabalar turar joyi faoliyatiga oid ichki me’yoriy hujjatlar plakat shaklida tayyorlanib, talabalar turar joyi mazkur plakatlar bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyi yo‘laklarida “Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan bannerlar, vaqtli matbuot nashrlari, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etuvchi plakatlar, “Kamolot”YoIH bannerlari, plakatlar mavjud.

“Talabalar turar joyi”da yashaydigan talabalarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Buning  uchun talaba ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Prorektor tasdiqlagandan so‘ng “Talabalar turar joyi” pasportistkasi IIV tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida talabalarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazadi.

TTJda talabalar o‘z-o‘zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida faol va jamoatchi talabalardan iborat “Talabalar Kengashi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki haftada bir marotaba Kengash a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, talabalarning ichki tartib-intizomga rioya etishlari, talabalar turar joyidagi talabalar navbatchiligi, shu yerda o‘tkaziladigan turli bayramlarga tayyorgarchilik kabi masalalar muhokama etiladi. Shu bilan birga, har bir qavatda “Qavat sardorlari”  mavjud.

Institut talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlariga fakultet dekanlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan. Talabalar turar joyidagi har bir xonaga institut kafedralari mas’ul etib tayinlangan va ular tomonidan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy ishlar amalga oshirilgan.

Institut rahbariyati, talabalar turar joyi ma’muriyati, “Kamolot”YoIH boshlang‘ich tashkiloti hamda institut kafedralari talabalarning istak va hoxishlaridan kelib chiqqan holda turli ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etadilar.

Institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ular orasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish maqsadida talabalar turar joyi sport zalida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, institut talabalar turar joyida talabalar istak va takliflaridan kelib chiqqan holda til to‘garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, uy hamshiraligi, badiiy havaskorlik kabi to‘garaklar tashkil etilgan.

Talabalar turar joyida yil davomida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali shu yerda yashayotgan talabalarga “Barkamol avlod yili” davlat dasturi mazmun-mohiyati yetkazib berilgan. Shuningdek, institut kafedralari tomonidan “Barkamol avlod yili” davlat dasturi yuzasidan mikro guruhlarda ham davra suhbatlari va muloqotlar uyushtirilgan. Shu kabi tadbirlar natijasida TTJ talabalarida “Barkamol avlod yili” davlat dasturi bo‘yicha to‘liq bilim va tasavvur shakllantirilgan. Shu bilan birga, talabalar turar joyi binosi, qavatlar, ma’naviyat xonalari hamda majlislar zali “Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan stend va plakatlar bilan bezatilgan.

ТТJ Nizomi

ТТJ Shartnomasi

ТТJ fotojamlanmasi

26.08.2018, 15:58 4081

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: