Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalikka ba’gishlov tadbiri

28.09.2017, 18:48 Yangiliklar 690

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O‘zbek Milliy akademik drama tearti hamkorligida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami va har yili 1 kurs talabalari uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Institutimizda uzoq yillar va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, institutga yuqori ball asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga institut rektori A.Mannonov “Talabalik guvohnomasi”ni tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir davomida institut talaba-yoshlari o‘zlari tayyorlagan bayram chiqishlarini ustoz va murabbiylarga taqdim etdilar. Tadbirdan so‘ng O‘zbek Milliy akademik drama tearti tomonidan sahnalashtirilgan “Imon” spektakli namoyish etildi.

photo_2017-09-29_10-54-08 photo_2017-09-29_10-54-35

photo_2017-09-29_10-54-38 photo_2017-09-29_10-54-41

photo_2017-09-29_10-54-44 photo_2017-09-29_10-54-27

photo_2017-09-29_10-57-55 photo_2017-09-29_10-57-10

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: