Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Taniqli tadbirkor Murod Nazarov bilan uchrashuv

10.05.2018, 17:30 Yangiliklar 64

Joriy yilning 11-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida taniqli biznesmen, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov bilan institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida eksklyuziv uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Murod Nazarov o‘zining hayot yo‘li, biznesga kirib kelishi, erishgan ulkan muvaffaqiyatlari, mashaqqatlarni yengib o‘tish usullari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. O‘zining ish faoliyati, “Murad Building” qurilish kompaniyasining barpo etilish tarixi, bugungi kunda bajarilayotgan ishlari haqida so‘z yuritdi. Misol tariqasida Toshkent shahrida “Tashkent city” doirasida O‘zbekistondagi eng katta bino qurilishi vazifasi unga ishonib topshirilganligi haqida gapirib berdi.

Biznesda va umuman olganda barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida hayotiy misollarga asoslangan ma’lumotlar berib o‘tdi.

“Mahorat darsi” sifatida tashkil qilingan uchrashuv talabalarda katta  qiziqish uyg‘otdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va Murod Nazarov tomonidan qiziqarli, mazmunli javoblar oldilar.

IMG_0162 IMG_0135 IMG_0086 IMG_0193 IMG_0082 IMG_0091 IMG_0187 IMG_0100 IMG_0092 IMG_0071

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi