Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tarix va falsafa” fakultetida mini futbol bo’yicha “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida “Dekan kubogi” musobaqasi

24.10.2018, 19:17 Yangiliklar 275

“Tarix va falsafa” fakultetida mini futbol bo’yicha “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida “Dekan kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa fakulteti”da an’anaviy ravishda sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ularni sportga, sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish maqsadida 2018-yil 22-oktabr kuni fakultet talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada fakultetning barcha yo’nalishlaridan jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqada jami 8 ta jamoa o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Musobaqani Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.M.Qodirov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tilab, ishtirokchilarni bir-biriga nisbatan hurmatda bo‘lishga chaqirdi.
Shu yo‘sinda musobaqalar o‘z nihoyasiga yetdi. Faxrli 3-o‘rinni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi yo’nalishi 1-kurs “Fors-ingliz” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Faxrli 2-o‘rinni Sharq mamlakatlari tarixi yo’nalishi 1-kurs “Everest” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Faxli 1- o‘rinni esa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi yo’nalishi 2-kurs “Shunqorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.M.Qodirov, fakultet ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.M.Narimonov, institut Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Xolmirzayev va musoboqa tashkilotchisi fakultet Yoshlar Ittifoqi yetakchisi M.Jabborovlar musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni taqdirlashdi.
Shuningdek, ularga kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolishdi.

photo_2018-10-22_17-07-45

photo_2018-10-22_14-36-49

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: