Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

 xudayberganova-zilola XUDAYBERGENOVA ZILOLA NARBAYEVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, professor.
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99897 730 16 99
E-mail: aloliz.74@mail.ru

 

Kafedra tarixi

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil topgan ilk yillarda “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” kafedrasi qoshida alohida mutaxassislik sifatida ochilgan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” mutaxassisligi 2005 yilda tashkil etilgan “Mumtoz filologiya” kafedrasiga magistratura mutaxassisligi sifatida o‘tkazildi. 2010 yil mazkur kafedra qoshida “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat yo‘nalishi ochilib, unga 25 ta talaba qabul qilindi.

2011 yil iyun oyida ToshDSHI rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonovning tashabbusi va buyrug‘iga asosan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrdan boshlab mazkur bakalavriat yo‘nalishiga (har o‘quv yilida 25 tadan talaba) va magistratura mutaxassisligiga talabalar qabul qilina boshlandi. Tashkil etilganidan buyon kafedraga dotsent X.Hamidov (2011-2014), filologiya fanlari doktori, professor Sh.Usmanova (2014-2016), 2016 yil iyun oyidan boshlab filologiya fanlari doktori, professor Z.Xudaybergenova kafedrani boshqarib kelmoqda.

Hozirgi paytda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat yo‘nalishida 74 ta talaba, magistratura mutaxassisligida esa 12 ta talaba tahsil olmoqda.

2011-2012 o‘quv yilida kafedrada 6 ta o‘qituvchi (H.Xamidov, E.Ochilov, A.Islomov, J.Ustajalilov, J.Yakubov, N.Xodjayeva) ish boshlagan bo‘lsa, 2016-2017 o‘quv yilida 13 taga yetdi. Hozirda kafedrada ikki nafar fan doktori, professor, to‘rt nafar fan nomzodi, dotsent, uch nafar katta o‘qituvchi, uch nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5120200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (sharq tillari bo‘yicha)

 

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

  • 5A120201 – “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” (sharq tillari bo‘yicha)

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Rus tili
  2. O‘qituvchining nutq madaniyati
  3. Tilshunoslik
  4. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
  5. Mutaxassislikka kirish
  6. Asosiy sharq tili (xitoy, arab)
  7. Tarjima tarixi
  8. Tarjima amaliyoti (xitoy, arab)
  9. Tarjima ishini tashkil etish
  10. Asosiy o‘rganilayotgan til (turk, hind, koreys, dariy, urdu)
  11. Amaliy tarjima (turk, hind, koreys, dariy, urdu)
  12. Badiiy tarjima
  13. Ilmiy ish asoslari
  14. Ilmiy matnlar tarjimasi
  15. Sinxron tarjima masalalari
  16. Chet tili (urdu)
  17. Qiyosiy grammatika
  18. Frazeologizmlar tarjimasi masalasi

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
  2. Tarjimashunoslikning nazariy masalalari
  3. Qiyosiy tilshunoslik va tarjima lingvistikasi
  4. Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (hind, turk, fors, koreys)
  5. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari
  6. O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati
  7. Ilmiy tadqiqot yaratish yo‘llari
  8. Tarjimon mahorati va tarjima metodologiyasi

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Dadaboyev Hamidulla Aripovich – filologiya fanlari doktori, professor
  2. Ochilov Ergash Zokirovich – filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  3. Hamidov Xayrulla Xudoyorovich – dotsent
  4. Xatamova Dilfuza Abduvaxabovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  5. Tuychibayeva Shahnoza Shakirovna – pedagogika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
  6. Belix Liliya Xamzayevna – katta o‘qituvchi
  7. Yakubova Shahnoza Ikramovna – katta o‘qituvchi
  8. Xolbekova Begoyim Abduraxmonova – katta o‘qituvchi
  9. Shamsiyeva Shohista Qudratullayevna – o‘qituvchi
  10. Xudaiberdiyeva Svetlana Vladimirovna – o‘qituvchi
  11. Mamajonova Mehrixon Tolibjon qizi – o‘qituvchi
  12. Xodjayeva Nilufar Bekmuratovna – katta ilmiy xodim-izlanuvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
  2. “Sharq yulduzi” jurnali
  3. “Jahon adabiyoti” jurnali
  4. Muhammad Yusuf fondiga qarashli “Oltin qalam” gazetasi
  5. TDSHI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
  6. TDSHI qoshidagi Yunusobod Xorijiy tillar akademik litseyi
  7. “Sharq qo‘lyozmalari” markazi
  8. “O‘zbek tili va adabiyoti” ilmiy tadqiqot markazi
  9. O‘zbekiston Milliy Universiteti “Til nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlaridan:

  1. Hamidov X.X. Turk tili. Morfologiya. (Sharq tillari akademik litseylarining turk tili bo‘limi 2- va 3-kurs o‘quvchilari uchun qo‘llanma). Toshkent: “Muharrir” NMB,
  2. Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o‘quv qo‘llanma). Toshkent,
  3. Ochilov E. Forsiydan o‘zbekchaga she’riy tarjima muammolari (monografiya). Toshkent,
  4. Xudoyberganova Z. Mutaxassislikning nazariy masalalari (o‘quv qo‘llanma). Toshkent, TDSHI nashriyoti, 2013.
  5. Hamidov X.X., Rixsiyev G.Sh. Turk tili. Leksikologiya. Frazeologiya. Leksikografiya (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: ToshDSHI, 2013.
  6. Hamidov X. Özbek Edebiyatı’nın Seçme Eserleri (O‘zbek adabiyoti namunalarining turk tiliga tarjimasi) (xrestomatiya). Toshkent,
  7. Hamidov X. Özbek Edebiyatı’nın Seçme Eserleri, 2. Bölüm. Said Ahmed. Hikâyeler (O‘zbek adabiyoti namunalari: S.Ahmad hikoyalarining turk tiliga tarjimasi) (xrestomatiya). Toshkent,
  8. Alimbekov A., Hamidov X. Sharq xalqlari adabiyotidan tarjimalar. Toshkent,
  9. Hamidov X. O‘zbekchadan turkchaga nasriy tarjima muammolari (monografiya). Toshkent,
  10. Dadaboyev H., Usmanova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika (O‘quv qo‘llanma). Toshkent, “Universitet” 2014.
  11. Ochilov E. Badiiy tarjima masalalari (o‘quv qo‘llanma). Toshkent, 2014.
  12. Ochilov E. Tarjima nazariyasi (o‘quv qo‘llanma). Toshkent,
  13. Ochilov E. Tarjimashunoslikning nazariy masalalari (o‘quv qo‘llanma). Toshkent,
  14. Ochilov E. Tarjimashunoslik terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent,
  15. Hamidov X. Özbek Edebiyatı’nın Seçme Eserleri. Muhammed Yusuf. Şiirler. Destanlar (xrestomatiya). Toshkent,
  16. Hamidov X. “Bu qadimiy san’at” tarjima maktabi talabalari almanaxi”. Toshkent,
  17. Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (O‘quv qo‘llanma). Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”
  18. Xudoyberganova Z. Tarjimon mahorati va tarjima metodologiyasi (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: ToshDSHI, 2015.
  19. Xudaybergenova Z. Turk tilida zamon va mayl kategoriyalarining o‘zaro munosabati (Monografiya). Toshkent, TDSHI nashriyoti, 2015.
  20. Muxtarov T., Xodjayeva N. Nauchno-texnicheskiy perevod (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: ToshDSHI, 2015.
  21. Xodjayeva N. Hindiycha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-hindiycha iboralar lug‘ati. Toshkent, 2015.
  22. “Yosh tarjimashunos” (ilmiy maqolalar to‘plami). Nashrga tayyorlovchi X.Hamidov, mas’ul muharrir Sh.Usmanova. Toshkent: ToshDSHI, 2015.
  23. “Tarjima masalalari” (ilmiy maqolalar to‘plami) 3-qism. Nashrga tayyorlovchi X.Hamidov, mas’ul muharrir Sh.Usmanova. Toshkent: ToshDSHI, 2015.
  24. “Bu qadimiy san’at” tarjima maktabi talabalari almanaxi 2”. Nashrga tayyorlovchi X.Hamidov, mas’ul muharrir Sh.Usmanova. Toshkent, 2015.
  25. Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. Qayta nashrga tayyorlovchi: X.Hamidov, mas’ul muxarrir, O.Tog‘ayev. Toshent, 2016.
  26. “Yosh tarjimashunos” (ilmiy maqolalar to‘plami) Nashrga tayyorlovchi X.Hamidov, mas’ul muharrir Sh.Usmanova. Toshkent: ToshDSHI, 2016.
  27. “Bu qadimiy san’at” tarjima maktabi talabalari almanaxi 3”. Nashrga tayyorlovchi X.Hamidov, mas’ul muharrir Sh.Usmanova. Toshkent, 2016.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

  1. “Tarjimashunoslik, badiiy tarjima tili, qiyosiy tilshunoslik va lingvokulturologiyaning dolzarb masalalari”
  2. Sharq tarjimashunosligi tarixi (qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha)
  3. Hozirgi zamon sharq tarjimashunosligi nazariyasi va g‘arb tarjimashunosligi maktablariga munosabat
  4. Sharq mamlakatlarida hozirgi zamon til vaziyati: adabiy til va laxjalar; til uslublari; globalizm va o‘zaro ta’sir masalalari
  5. Lingvopoetika va sharq tillarida badiiy matnni tarjima qilish masalalari
  6. Tarjimaning lingvokulturologik masalalari
  7. Tarjimashunoslikka oid darsliklar yaratish muammolari: yangi pedtexnologiyalar va elektron multimedia darsliklari yaratish nazariyasi va amaliy tajribalari
  8. Sharq tarjimashunosligining nazariy va amaliy masalalari
  9. Tarjima nazariyasi, amaliyoti va tarjima tanqidi masalalari
  10. Tarjimashunoslikning bugungi kundagi dolzarb muammolari
  11. Badiiy, ilmiy-texnikaviy va publisistik asarlarning sharq tillaridan o‘zbek va rus tillariga, shuningdek o‘zbek tilidan sharq tillariga tarjimasi muammolari
  12. Sharq tarjimashunosligining nazariy va amaliy masalalari

Kafedraning ilmiy loyihalari:

  1. A-1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish”

Kafedra hayotidan fotolavhalar:

22.11.2016, 16:07 1333