Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tashkent Book Fest-2019″ga tashrif

04.10.2019, 16:47 Yangiliklar 69

2-4 oktabr kunlari Toshkentdagi “O’zekspomarkaz” Milliy ko’rgazmalar zalida bo’lib o’tayotgan va uzoq vaqtdan beri kitobxonlar tomonidan intiqib kutilayotgan “Tashkent book fest-2019” – Toshkent xalqaro kitob ko’rgazma-yarmarkasiga ToshDSHIning Sharq filologiyasi, Falsafa va tarix, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti talaba yoshlari ham o‘z o’qituvchi-murabbiylari hamrohligida tashrif buyurishdi.   Mazkur tashrif  davomida talabalar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir nashrlari, kitoblari, jurnallari bilan yaqindan tanishdilar, kalligrafiya, Samarqand qog‘ozini tayyorlash, hattotlik va ebru san’ati jarayonini katta qiziqish bilan kuzatdilar.

ToshDSHIning Mumtoz filologiyasi kafedrasi professori Q.Sodiqov muallifligidagi adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” Qosimjon Sodiqov transkripsiyasi, talqini va tahlilida” deb nomlangan kitob “Akademnashr” nashriyoti tomonidan ko’rgazmaga taqdim  etilganligi diqqatga sazovordir!

photo_2019-10-04_16-37-05

7C7EF261-542D-45D8-AB2F-C21F852ECD4F

photo_2019-10-04_16-31-16   photo_2019-10-04_12-51-13 photo_2019-10-04_12-51-31 photo_2019-10-04_12-51-18  photo_2019-10-04_16-37-04

photo_2019-10-04_16-31-21 1DFF6836-B054-42EB-8CDB-E4379C3B4E82 84924953-E412-4877-8A80-2E987BABA394 824328BF-F3B8-4F1E-A893-0BF344B5EFF0

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: