Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI da O’zbekiston Yoshlar ittifoqi BT institut yetakchiligiga saylov

26.09.2017, 11:57 Yangiliklar 739

23-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti institut yetakchiligiga saylov o’tkazildi.

Saylov institutning asosiy binosiga kirish zalida soat 8:00 dan boshlanib, soat 18:00 gacha davom etdi. Saylovga barcha talabalar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelib qatnashishdi.

Saylov yakuniga yetganidan so’ng to’xtatilib sanoq komissiyasi tayinlanib ularga byulletenlar tashlangan quti topshirildi. Soat 19.00 da natijalar e’lon qilindi. Unga ko’ra:
Islamov Ilhom – 49,7%
Karimov Hasan – 7,1%
Sharopov Sherzod – 42,7%
ovoz to’plashdi.
Biz barcha saylovda qatnashganlarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti institut yetakchisi etib saylangan Islamov Ilhom Taxirovichni g’alaba bilan qutlaymiz. Unga hamda boshqa nomzodlarga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

photo_2017-09-26_11-56-15 photo_2017-09-26_11-56-11

photo_2017-09-26_11-55-47 photo_2017-09-26_11-55-42

photo_2017-09-26_11-56-04 photo_2017-09-26_11-55-44

photo_2017-09-26_11-55-56 photo_2017-09-26_11-56-23

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: