Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI rektori G.Rixsiyevaning Xitoyshunoslik fakulteti 1, 2-kurs talabalari bilan ochiq muloqoti

03.02.2020, 13:13 Yangiliklar 19

3-fevral kuni TDSHI rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning Xitoyshunoslik fakulteti 1, 2-kurs talabalari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlar masalalariga doir muhim jihatlar, oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar mohiyati talaba-yoshlarga tushuntirildi. Institutimiz rektori xitoyshunoslarga ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar, Davlat stipendiyalari va tanlovlarga yoshlarni tayyorlab borish, xorijiy OTMlar bilan xalqaro aloqalar, my.tashgiv.uz, mt.tashgiv.uz tizimlaridan foydalanish, kredit ta’lim tizimi, 5 muhim tashabbus orqali yoshlar iqtidorini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar va muhim vazifalar haqida gapirib o‘tdilar. Fakultetning 3-kurs talabasi Madina Inomjonovaga “Navoiy” nomidagi Davlat stipendianti diplomi va 4-kurs talabasi Mehroj Qo‘ldoshevga Islom Karimov nomidagi Davlat stipendianti diplomi topshirildi. Ochiq muloqot xitoyshunos talabalarni qiynayotgan muammolar yechimi, takliflarni amalga oshirish imkoniyatlari haqidagi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar tariqasida davom etdi. Uchrashuv so‘nggida institut rektori talabalarni doimiy muloqot uchun virtual qabulxonaga o‘z taklif va mulohazalarini bildirib borishga chaqirdilar.

photo_2020-02-05_14-49-47-300x225 photo_2020-02-05_14-49-44-300x225

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: