Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI Rossiya Federatsiyasining bir qator OTMlari bilan kelishuv imzoladi

18.10.2018, 20:00 Yangiliklar 411

Barchaga ma’lumki, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi munosabati bilan Oliy ta’lim tizimidagi o‘zaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Rossiya va O‘zbekiston qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan 2018-yilning 18-19-oktabr kunlari ilk marotaba xalqaro O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda.

2018-yilning 18-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan Xalqaro forumda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Rossiya Federatsiyasining Tinch okeani davlat universiteti, Ural federal universiteti hamda Qozon federal universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra TDSHI va hamkor OTMlar o‘rtasida:

  • o‘quv jarayonini yanada optimallashtirish, ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni yaqindan jalb qilish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;
  • bakalavriat va magistratura bo‘yicha hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • magistratura va doktoranturada qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
  • o‘quv-metodik materiallarni o‘zaro almashish;
  • o‘quv-ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish;
  • talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro almashuniv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ko‘plab boshqa masalalar doirasida hamkorlik qilish belgilab olindi.

Yangi hamkorlarimizdan biri Rossiya Federatsiyasi Tinch okeani davlat universiteti sanaladi. Tinch okeani davlat universiteti Rossiya Uzoq Sharqining eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, universitetda bugungi kunda 12 ta fakultet va institut faoliyat olib bormoqda. Tinch okeani davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Ivanchenko Sergey Nikolayevich Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan imzolangan kelishuv natijalari va hamkorlik istiqbollari haqida quyidagicha fikr bildirdi: “Fikrimizcha, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kelishuvning imzolanishi O‘zbekiston va Rossiya universitetlarining hamkorlikning yangi bosqichiga chiqqanidan dalolat beradi. Bugungi kunda bizning universitetimizda 35 ta O‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda va biz mamlakatingiz bilan oliy ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilish istagidamiz. Bizning universitetimizda Sharqshunoslik va tarix fakulteti mavjud bo‘lib, sharq tillari, mintaqashunoslik o‘rgatilib kelinmoqda. Bugungi kunda Xitoy, Yaponiya va Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. O‘ylaymanki Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlik qilish orqali sharqshunoslik maktabini yanada kuchaytirishga erishamiz”.

Hamkorlik kelishuvi imzolangan yana bir oliy ta’lim muassasasi Qozon Federal universiteti bo‘lib, Rossiyaning eng qadimgi universitetelaridan biri hisoblanuvchi mazkur oliy ta’lim muassasasiga 1804-yili asos solingan. Universitet nafaqat Rossiya, balki butun dunyoga o‘z sharqshunoslik maktabi bilan mashxur hisoblanadi. Universitet rektori Gafurov Ilshat Rafkatovich TDSHI bilan hamkorlik masalasida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Avvalambor institutingiz rektoriga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki mamlakatingizda sharqshunoslik ilmi, Rossiya sharqshunosligi borasida bir qancha yirik loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Rossiyada sharqshunoslik ilmiga bizning universitetimizda asos solingan bo‘lib, sharqshunoslik ilmi universitetimiz tashkil topgan yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Ammo, orada sharqshunoslik yo‘nalishining Sankt-Peterburg, so‘ngra Moskva oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi natijasida ilmiy manbalarimizning katta qismini yo‘qotdik.  Hozirda biz bu yo‘nalishni qayta rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. O‘ylaymanki, siz va bizning sharqshunos olimlarimiz hamkorlikda faoliyat olib borsalar bu har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi”.

Institutimiz hamkorlik kelishuviga erishgan yana bir oliy ta’lim muassasasi Ural federal universiteti bo‘lib, universitetga 1920-yilda asos solingan va unda bugungi kunda 35 mindan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet qoshida 18 ta institut va markazlar faoliyat olib borib, ularda sharq tillari, tarix, mintaqashunoslik, siyosatshunoslik va iqtisodiyot, texnika va informatika ta’lim yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

IMG_20181019_193711IMG_20181019_193726IMG_20181019_193735IMG_20181019_193735IMG_20181019_193705IMG_20181019_193747

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: