Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI talabalari davra suhbatida ishtirok etishdi

12.10.2018, 17:58 Yangiliklar 893

2018-yilning 9-oktabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi hamkorligida «O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ijtimoiy sheriklik masalalari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida, O’zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning «Yoshlar qanotlari» bilan hamkorlikda joylarda yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlari ta`minlanishida mutasaddi idoralarning o’zaro hamkorligi natijadorligini tanqidiy muhokama qilish, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga va tadbirkorlikka yoshlarni keng jalb etish, ular o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda birgalikda kurashish kabi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakillari yoshlar masalalariga doir olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan taqdimot namoyish etishdi (manba:www.kun.uz).

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator tashabbuskor yoshlari ishtirok etdi va ko’tarilgan masalalar bo’yicha savol-javoblarda o’z faolliklarini namoyon etishdi.

ca49d6729d221f931502b

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: