Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI talabalari Samarqand shahrida seminar o’tkazishdi

10.10.2018, 13:43 Yangiliklar 680

2018-yilning 7-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tashabbuskor talabalari tomonidan tuzilgan «Teach&travel» guruhi a’zolari Samarqand shahrida ichki turizmni rivojlantirish mavzusida seminar o’tkazishdi.

Mazkur seminar Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, tadbirda arxitektura yodgorliklarimiz, tarixiy madaniy me’rosimizni asrash,  mamlakatimizda ichki hamda tashqi turizmni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish bo’yicha hokim o’rinbosari B.U.Nurullaev  TDSHI talabalarining bu kabi tashabbusini qo’llab-quvvatlagan holda “Kelajagimiz – zamonaviy yoshlar qo’lida. Shubhasiz, ularning fikrlari, ularning yangi g’oyalari mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda o’z natijalarini beradi” deya fikr bildirib o’tdi. Seminar davomida O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini hisobga olgan holda, yoshlar turizmini yanada rivojlantirish uchun bir qator g’oyalar taklif etildi.

Ma’lumot uchun:  “Teach&travel” loyihasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti 1-kurs yapon-ingliz guruhi talabasi Tohirov Abbos tomonidan ilgari surilayotgan loyiha bo’lib, O’zbekiston bo’ylab sayohat qilish va shu bilan birga turli xil seminarlar tashkil etishga qaratilgandir.

photo_2018-10-15_14-05-34 photo_2018-10-15_14-05-42

photo_2018-10-15_14-05-49photo_2018-10-15_14-06-08

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: