Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI talabalari xayriya tadbirlarini tashkil etishdi

02.12.2018, 20:13 Yangiliklar 57

3-dekabr Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari bir nechta xayriya tadbirlarini tashkil etishdi.

Xususan, 2018-yilning 1-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarix va falsafa fakulteti talabalari fakultetning Yoshlar Ittifoqi faollari boshchiligida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Muruvvat” imkoniyati cheklangan bolalar 2-sonli maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

photo_2018-12-03_02-38-32

Aynan shu kunning o’zida  Tarix va falsafa fakultetining muddatli harbiy xizmatni o’tab o’qishga kirgan bir qator talabalari  Mirobod tumani xalq ta’limi tasarrufidagi 57 – sonli maxsus maktabga bolalar holidan xabar olish uchun tashrif buyurishdi.

Tarix va falsafa fakulteti  talabalari tomonidan uyushtirilgan tashriflarda xayriya yo‘li orqali yig‘ilgan mablag‘larga bolalar uchun esdalik sovga’alari, kitoblar, o‘quv-qurollari, shirinliklar sotib olindi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida institut talabalari tomonidan bolajonlarga kichik konsert dasturlari tadqim etildi.

photo_2018-12-03_02-38-37

Shuningdek, 2018-yilning 2-dekabr kuni institutimizning bir qator ko’ngilli talabalari “Yaxshilik ulash” (“Твори добро”) guruhi a’zolari bilan Toshkent viloyatining Bo’ka tumanidagi 15-mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Institutimiz talabalari murg’ak qalb egalarining kunini maroqli o’tkazish maqsadida ularga turli xil interaktiv darslar o’tishdi, qiziqarli konsert dasturi va turli xil esdalik sovg’alarini tadqim etishdi. Shuningdek, mehribonlik uyining bir nafar tarbiyalanuvchisiga eshitishga ko’maklashuvchi qurilma sovg’a qilindi. Umuman aytganda, talabalarimizning bolalar bilan o’tkazgan kunlari maroqli o‘tib, unitilmas daqiqalarga boy bo‘ldi.

photo_2018-12-03_02-38-41

2018-yilning 3-dekabr kuni esa Sharq filologiyasi talabalari tomonidan xayriya konsertini o’tkazish rejalashtirilgan.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: