Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI talabalarining Oqsaroyga tashrifi

07.04.2018, 11:03 Yangiliklar 68

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetining 50 nafar talabalari dekan  o‘rinbosari O‘.B.Bito‘raev yetakchiligida 2018-yil 6-aprel kuni Oqsaroyga tashrif buyurishdi.

Fakultet talabalari tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov haykali poyiga guldastalar qo‘yishdi va “Ko‘rgazmalar zali”da Birinchi Prezidentimiz hayoti va mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan eksponatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan “Islom Karimov va buyuk ajdodlar ruhiga ehtirom” mavzusida davra suhbatida ishtirok etishdi. Unda I.Karimov tomonidan amalga oshrishilgan ishlar, ma’naviy yuksalishimizdagi o‘rni hamda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Tadbirda Temuriy tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n. Fayziev Xurshid, G‘ofur G‘ulom uy muzeyi direktori Olmos Ahmedova va boshqalar ishtirok etishdi.

photo_2018-04-10_11-07-48 photo_2018-04-10_11-07-55 photo_2018-04-10_11-07-52

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: