Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari adabiy kechada ishtirok etishdi

14.12.2018, 11:05 Yangiliklar 424

2018-yilning 11-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator talabalari hamda professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor, filologiya fanlari doktori G’aybulla Salomovning ilmiy ijodiga bag’ishlangan “Tafakkur, til va tarjima” deb nomlangan adabiy kechasida ishtirok etishdi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda f.f.d., prof. Muhammadjon Xolbekov, f.f.d., prof. Boqieva Gulandom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Saydi Umarov, sots.f.d., prof. Abdusalom Umarov, TDSHI Tarjimashunoslik kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov, jurnalist Nodir Jonuzoq  hamda fan va jamoatlik vakillari so’zga chiqib, G’aybulla as-Salomning ilmiy va ijodiy faoliyatining turli jabhalari haqida ma’ruza qildilar.  Xususan, G’aybulla as-Salomning “Maqol, matal va idiomlar tarjimasi”, “Badiiy tarjimaning leksik-frazeologik masalalari”, “Rus tilidan o‘zbek tiliga maqol-matallar tarjimasi” risolalari, “Til va tarjima”,“Tarjimon mahorati”, “Do‘stlik ko‘priklari”(hammualliflikda), “Badiiy tarjima va adabiy tahrir problemalari”, “Tarjima tashvishlari”, “Adabiy an’ana va badiiy tarjima problemalari”, “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” nomli monografiya va darsliklarining o’zbek adabiyotshunosligi ilmiy rivojidagi o’rni haqida so’z yuritildi.

IMG_20181211_143920 (1) IMG_20181211_153236 IMG_20181211_153416 IMG_20181211_170149 IMG_20181211_170208 IMG_20181211_175017

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: