Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda “Milliy armiyamiz-davlatimiz tayanchi, kelajagimiz garovidir” shiori ostida tadbir o’tkazildi

18.01.2019, 14:22 Yangiliklar 691

2019-yilning  18-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Tarix va falsafa” fakulteti Yoshlar Ittifoqi BT tomonidan “Milliy armiyamiz – davlatimiz tayanchi, kelajagimiz garovidir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Faxriy qorovul vzvodi” kursantlari jamoasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Orkestr jamoasi” ishtirok etdi.

Tadbirni isntitutimiz rektori, professor A.Mannonov kirish so’z bilan ochib berdi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Faxriy qorovul vzvodi” kursantlari jamoasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Orkestr jamoasi” o’z chiqishlari bilan barchani bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, institutning iqtidorli talabalari tomonidan sahna ko’rinishi va kuy-qo’shiqlar yangradi. Muddatli harbiy xizmatni o’tab o’qishga qabul qilingan talabalar jangovor sahna ko’rinishlarini tadqim etishdi. Tadbir so’ngida faol ishtirokchilar rektor tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: