Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda Navro’z sayli

27.03.2018, 20:06 Yangiliklar 303

Navro‘z sayli xalqimizga xos qadimiy qadriyat bo‘lib, Navro‘z saylini o‘tkazish institutimizda o‘ziga xos an’anaga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan institutimizda Navro‘z ayyomi tadbirlari o‘tkazildi. Institut o‘quv binolari Navro‘zga monand bezatilib, fakultet kafedralari tomonidan bayram dasturxonlari turli xil taomlar, pishiriqlar va shirinliklar bilan yasaldi. Bayram tadbirini institut rektori A.Mannonov ochib, barchani Navro‘zi olam bilan qutladi. Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga namoyish etildi va bu ularga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shuningdek, institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning o‘zbek milliy kiyimida chiqishlari va bayram tabrigi barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tadbirda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Eron delegatsiyasi vakillari, institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari va san’atkorlar hamda talabalari ishtirok etishdi. So‘ng professor-o‘qituvchilar hamda tashrif  buyurgan mehmonlar e’tiboriga milliy taomlarimiz ko‘rgazmasi taqdim etilib, ular osh, sumalak kabi bahoriy bayramona dasturxonga taklif etildi. Shu kunning o‘zida institutning talabalar turar joyida ham Navro‘z bayrami tantanalari davom etib, doshqozonlarda osh damlanib, sumalak qaynatildi. Bayram davomida talabalar o‘zlarining go‘zal raqslari bilan ishtirok etib bayram ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdilar.

photo_2018-03-27_19-58-56 photo_2018-03-27_19-58-49 photo_2018-03-27_19-58-40 photo_2018-03-27_19-58-34 photo_2018-03-27_19-58-26 photo_2018-03-27_19-57-54 photo_2018-03-27_19-57-46 photo_2018-03-27_19-59-00

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: