Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda ochiq muloqot o’tkazildi

25.12.2018, 13:28 Yangiliklar 174

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi rejasiga ko’ra, 2018-yilning 25-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ochiq muloqot o’tkazildi. Ochiq muloqotda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, faol talabalari hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminter Universiteti rektori, Jamoatchilik kengashi raisi o’rinbosari K.Karimov, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri S.Raupov ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, mamlakatimizda mavjud OTMlarning salohiyatini oshirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va mustahkamlash, Boloniya jarayoniga integratsiya qilish masalalari, tizimda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, ularni jamoatchilik kengashiga yetkazish belgilandi.

IMG_20181225_094635 IMG_20181225_094731 IMG_20181225_094746

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: