Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI Mumtoz filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilarining Yashnobod tumanidagi 230-maktabda “Qonun ustuvorligi – jamiyatimiz farovonligi asosi” mavzusida o’tkazgan davra suhbat

06.12.2019, 18:06 Yangiliklar 31

6-dekabr kuni ToshDSHIning Mumtoz filologiyasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori R.Alimuhamedov boshchiligida kafedra o’qituvchilari N.Xadjiyeva va B.Kanayev bilan birgalikda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 230-umumta’lim o’rta maktabiga tashrif buyurib, “Qonun ustuvorligi  jamiyatimiz farovonligi asosi” mavzusida suhbat o’tkazdilar. Mazkur suhbat jarayonida maktab direktori G.Alimatova, MMIB direktor o’rinbosari O.Husanov, o’qituvchilar G.Rustamova, Sh.Ahmedova, G.Isroilova, D.Miragzamova, X.Egamberdiyeva, Sh.Zaripova, J.Ahmadjonova hamda maktabning yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida Konstitutsiyamizning jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni, uning yaratilish tarixi haqida qiziq faktik ma’lumotlar berib o’tildi. Suhbat so’ngida esa o’quvchilar bilan savol-javob tarzida mamlakatimiz oldida turgan muhim siyosiy jarayon, ya’ni joriy yilning 22-dekabr kuni o’tkaziladigan saylov haqida ham ma’lumotlar almashinuvi bo’lib o’tdi.

photo5427017991603727497 photo5427017991603727496photo5429252658792868854

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: