Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI talabalari Oʻzbekiston-Rossiya yoshlari forumida ishtirok etishmoqda

29.10.2018, 12:04 Yangiliklar 279

Joriy yilning 28-oktyabr – 1-noyabr kunlari mamlakatimizda “Oʻzbekiston-Rossiya forumi. Hamkorlik, tashabbus va innovatsiya” festivali boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Rossiya yoshlar ittifoqi hamkorligida oʻtkazilayotgan mazkur tadbirda ikki mamlakat yoshlari turizm, ommaviy axborot vositalari hamda tadbirkorlik sohalari doirasida oʻzaro malaka almashadi. Bundan tashqari, yurtimiz turistik salohiyatini namoyon etadigan sayohatlar, hunarmandlar koʻrgazmalari, milliy kuy va raqslarga boy madaniy dasturlar ham festivaldan oʻrin egallagan. Turizm, tadbirkorlik va ommaviy axborot vositalari borasida soʻz yuritiladigan ilmiy-amaliy anjumanlar esa ikki mamlakat yoshlarining malakasini oshirishga, oʻzaro tajriba almashishiga samarali platforma boʻla oladi.

Besh kun davom etadigan festivalning dastlabki kunida Toshkent shahri boʻylab ekskursiya dasturi, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasiga ziyorat, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuv, festivalning rasmiy ochilish marosimi va turli madaniy tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu festivalda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari, Yoshlar Ittifoqi BT a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda.

photo_2018-10-29_11-51-57
3ebb68a2f080dc4ba5640 55b5211586c347759c9b7

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: