Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI Tarix va falsafa fakultetida sportning mini futbol turi bo’yicha Dekan kubogi-2019

05.12.2019, 18:31 Yangiliklar 33

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilgari surgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo’yicha hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Tarix va falsafa fakultetida sportning mini futbol turidan “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” shiori ostida Dekan kubogi 2019  musobaqasi o‘tkazildi.

Fakultet talabalaridan iborat jami 10 ta jamoa ikki guruhga ajralgan holda musobaqa g’olibligi uchun kurash olib borishdi.

A GURUHI B GURUHI
VOSTOCHNIY SPARTAK VOSTOK
LEGION FALSAFA 1
ALPOMISH MILLIARD
EVEREST FELIX TEM
NATIONAL MANCHESTER UNITED

 

Musobaqani Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.M.Qodirov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tilab, ishtirokchilarni bir-biriga hurmatda bo‘lishga chaqirdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida faxrli 3-o‘rinni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi yo’nalishi 2-kurs talabalarining “National” va Sharq mamlakatlari tarixi va hozirgi zamon muammolari yo’nalishi 1-kurs talabalarining “Felix team” jamoalari qo‘lga kiritdi.

Faxrli 2-o‘rin sohibi “Manchester united” jamoasi, 1- o‘rin sohibi esa Sharq mamlakatlari tarixi va hozirgi zamon muammolari yo’nalishi 1-kurs talabalarinig “Vostochniy spartak” jamoasi bo’ldi.

“Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasida “Milliard” jamoasi a’zosi MOXT yo‘nalishi 1-kurs talabasi Rahmonqulov Jasur Mansur o‘g‘li 13 ta gol bilan g’olib bo’ldi.

“Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasida “National jamoasi” vakili MOXT yo‘nalishi 2-kurs talabasi Norqobilov Jahongir Shabonovich g’oliblikni qo’lga kiritdi.

“Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasida “Vostochniy spartak” jamoasi a’zosi ShMT yo‘nalishi 1-kurs talabasi Xoliqulov Sunnat Valijon o‘g‘li g’olib deb topildi.

Musobaqa go‘liblari Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.M.Qodirov, fakulteti dekan muovinlari va  kafedra mudirlari tomonidan taqdirlandi.

photo_2019-12-04_18-00-10 photo_2019-12-04_18-03-01 photo_2019-12-04_18-03-35 photo_2019-12-04_18-04-30 photo_2019-12-04_18-04-39 photo_2019-12-04_18-04-53

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: