Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda 2018/2019-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi

06.09.2018, 10:34 Yangiliklar 186

Joriy yilning 5-sentabr kuni TDShIda “Bilimlar kuni” shiori ostida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida 2018/2019-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yurtimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.M.Mannonov tadbirni ochib berish uchun so‘zga chiqdi. Rektor yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi va 2018/2019-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 2018 yilgi test imtixonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni chin yurakdan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlarida omad yor bo‘lishini tiladi. Shu bilan birga talabalarni institut raxbariyati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, tadbirda uzoq yillardan beri yosh avlodni yetuk sharqshunos bo‘lib yetishishda fidoiy xizmat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilardan filologiya fanlari doktori, professor Xafiza Islomjonova, filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To‘xliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni “Eng ulug‘ va eng aziz” bayram – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdilar va yangi o‘quv yilida barcha institut jamoasiga omad yor bo‘lishini tiladilar.

Tadbirda TDSHIga 2018/2019-o‘quv yili kirish imtixonlarida eng yuqori ball to‘plab, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan S.Maxmudov so‘zga chiqib, bu kun – hayotidagi eng baxtli kunlardan biri ekanligini va alohida qayd etdi.

Boshlovchi 2018/2019-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirini yopiq deb e’lon qildi va barchani “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Mastaqillik dars”lariga taklif etdi hamda talabalar fakultet rahbarlari boshchiligida belgilangan xonalar va auditoriyalarga yo‘l oladilar. “Mustaqillik dars”larida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga “Mustaqillik oliy ne’mat ekanligi, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash  o‘zini mustaqil yurt fuqarosi uchun muqaddas burch ekanligi” haqida ma’ruzalar o‘qib berildi.

IMG_1179 IMG_1191 IMG_1441 IMG_1449 IMG_1457 IMG_1669

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: