Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIda Xalqaro hindiy tili kuni

10.01.2020, 20:31 Yangiliklar 30

2020 yil 10 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va L.B.Shastri nomli Hind madaniyat Markazi bilan hamkorlikda «hindiy tili kuni» nishonlandi.Tadbirda Hindistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Kumar Dja, Hind madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar, 24-umumta’lim maktabi va TDShI qoshidagi Yunusobod akademik litsey o‘quvchilari, Jahon tillari universiteti hindiy tili o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.Tadbirda elchi janoblari tabrik so‘zi bilan chiqib, viktorina g‘oliblarini kitoblar bilan taqdirladi hamda institut rahbariyati va uning jamoasiga bugungi kunda institutda hind tilini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G.Rixsiyevа so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizning Hindiston Respublikasi bilan turli sohalarda o‘zaro aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligi, ta’lim sohasida institutda kelgusida hindshunoslikni yanada rivojlantirish maqsadida katta rejalar qo‘yilganligi, bu rejalarni amalga oshirishda institut jamoasi va hind do‘stlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishga umid bildirdi.Tadbir talaba va o‘quvchilar tayyorlagan madaniy chiqishlar bilan qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

photo_2020-01-11_12-43-02-238x300 photo_2020-01-11_12-42-59-205x300 07646447-A191-438F-8902-8019810CC65C-225x300 37679E7E-C503-4AC3-AEC0-88A20E018884-300x225 35D36F4F-A12C-4A49-ACF1-7AE9F642E44F-225x300 7A5F2E38-0FA3-49E8-BE55-02FC8FA66D39-300x225

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: