Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinataning rahbarligida elchixona a’zolari tashrifi

30.01.2020, 12:41 Yangiliklar 18

30-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinataning rahbarligida elchixona a’zolari tashrif buyurishdi.Mazkur uchrashuvda ToshDShI rektori G.Rixsiyev mehmonlarga institut tarixi, faoliyati xamda bugungi kundagi indonezshunoslik rivojlanishi haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, institutda 2013 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Indonez tili va madaniyati markazi oldida kelgusida qo‘yilayotgan vazifalar xaqida ham fikr almashildi.Mazkur uchrashuv doirasida ToshDShI va Indoneziya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar berildi. Shu o‘rinda Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi tomonidan indonez tilini o‘rganayotgan talabalar uchun TDShI Axborot-resurs markaziga 150ga yaqin kitoblar sovg‘a tariqasida taqdim etildi.Uchrashuv so‘ngida elchixona vakillari kelgusida ToshDShI bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini bundanda rivojlantirishga va bardavom bo‘lishiga umid bildirishdi.

photo_2020-01-31_16-54-19-300x169 photo_2020-01-31_16-54-21-300x225

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: