Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIga Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillarining tashrifi

14.01.2020, 20:49 Yangiliklar 22

14-yanvar kuni ToshDSHIga Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari o‘rinbosari Muhammad Al-Sukkari va elchixona birinchi kotibi Xalid Muhammad Fikriy tashrif buyurdilar.Mazkur uchrashuvda ToshDSHI rektori G.Rixsiyeva mehmonlarga institut tarixi va faoliyati haqida ma’lumot berdi. Xususan, institutda Arab filologiyasi kafedrasi 1944-yildan faoliyatini boshlaganligi, 76 yil mobaynida 3000 dan ortiq arabshunoslar tayyorlangani, ulardan mashhur akademiklar, elchilar, jamoat arboblari va tadbirkorlar yetishib chiqqanlari hamda bugungi kunda ToshDSHIda arab filologiyasi, tarix, falsafa, iqtisod va jahon siyosati yo‘nalishlarida 600 ga yaqin talaba asosiy va ikkinchi til sifatida arab tilini o‘rganayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o’tdi.Mazkur uchrashuv doirasida ToshDSHI va Misr Arab Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar berildi. Shu o‘rinda, Misrning Qohira universitetiga arabshunos talabalarni joriy yilning iyul-avgust oylarida arab tili bo‘yicha qisqa muddatli stajirovkaga yuborish masalasi bo‘yicha kelishib olindi.Uchrashuv so‘ngida elchixona vakillari kelgusida ToshDSHI bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini bundanda rivojlantirishga va bardavom bo‘lishiga umid bildirishdi.

photo_2020-01-15_16-30-39-300x225

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: