Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIga Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi A.Eren boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrifi

12.11.2019, 14:24 Yangiliklar 41

12-noyabr kuni ToshDSHIga Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi  raisi A.Eren boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari faoliyati, bugungi kunda o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Turkiya Respublikasi ajratayotgan ta’lim grantlari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi. Shu o’rinda, ToshDSHI rektori G.Rixsiyeva tomonidan bugungi kunda institutda turkologiya sohasining rivoji, Turkiya Respublikasi OTM bilan o’rnatilgan o’zaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv chog’ida Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi O’zbekiston Respublikasida turk tilini o’rganayotgan hamda tadqiqotlar olib borishni istaganlar uchun grantlar tashkil etish, ularning sonini oshirish istagi mavjud ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida har ikki tomon o’z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga umid bildirishdi.

photo_2019-11-25_14-23-46 photo_2019-11-25_14-23-49