Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIga Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti rektori Xaruo Saburi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi

12.11.2019, 14:43 Yangiliklar 40

12-noyabr kuni ToshDSHIga Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti rektori Xaruo Saburi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xaruo Saburi Nagoya iqtisodiyot universiteti faoliyati, institut bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlash tizimi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. Shu o’rinda, ToshDSHI Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori E.Mahmudov institut faoliyati, bugungi kunda yaponshunoslikning rivojlanishi, institutda “Yaponshunoslik” fakultetining tashkil etilganligi haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv chog’ida Nagiya iqtisodiyot universiteti hamda ToshDSHI o’rtasida iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha bakalavriat bosqichida “double degree” loyihasi amalga oshirilishi hamda universitetlar o’rtasida ta’limning turli yo’nalishlari bo’yicha o’zaro hamkorlik o’rnatish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvdan so’ng delegatsiya vakillari yapon tili kafedrasi va kutubxonasi bilan tanishdi.

photo_2019-11-25_14-44-47 photo_2019-11-25_14-44-50