Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarida o’tkazilga mahorat-darslari

17.01.2020, 21:11 Yangiliklar 26

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish hamda umumta’lim maktablariga metodik yordam sifatida mahorat darslarini o‘tkazish bo‘yicha ToshDSHIning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bir qator ishlarni amalga oshirdilar:Kafedra o‘qituvchilaridan T. Sattarov 25-sentabr kuni Yunusobod tumani 240-umumta’lim maktabida “Zamonaviy dars berish jarayonida psixologik adaptatsiya usullari” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. Mazkur darsda yangi pedagogik texnologiyalar borasida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirildi va o‘qituvchilar ijodkorligini oshirishga turtki berildi.Kafedra dotsenti A.Shayusupova tomonidan 30 sentabr kuni Olmazor tumanidagi 119-sonli umumta’lim maktabida “Pedagogning dars jarayonida foydalaniladigan pedagogik texnika” mavzusida pedagogik mahorat seminar-treningi o‘tkazildi. Bu seminar davomida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarining dars samaradorligiga ta’siri haqida yangi tadqiqot ishlari natijalari bilan, jahon tajribasidan olingan ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Pedagoglarga “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Shu bilan birgalikda, A.Shayusupova, kafedra katta o‘qituvchilari S.Kamalova hamda R.Xaydarovalar tomonidan 3-oktabr kuni Shayxontoxur tumani 84-umumta’lim maktabi pedagogik jamoasi bilan “Yosh davrlar pedagogik-psixologiya”si muammolari “Pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanish” mavzulari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Mazkur suhbat davomida pedagoglar faol ishtirok etishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.5-oktabr kuni o‘qituvchi D.R.Turayeva tomonidan Mirobod tumani 175-umumta’lim maktabi pedagoglar jamoasi bilan “O‘quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. O‘qituvchilarga darsda va darsdan tashqari paytlarda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. maktab o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Maktab ma’muriyati va pedagoglar jamoasi o‘tkazilgan qiziqarli trening mashg‘ulotlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: