Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakultetida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, “Ommaviy madaniyat” illatlariga qarshi kurash” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir

19.11.2017, 22:29 Yangiliklar 872

Tadbirni institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Aripov olib borib, talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini yana­da yuksaltirish, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadi­da Mirobod tumani Prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikdagi qo‘shma tadbirlar rejasiga muvofiq muntazam ravishda turli profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinayotganini ta’kidlab o‘tdi. Sh.Aripov so‘zini davom ettirib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ta’lim muassasalarida bunday holatlarni bartaraf etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilayotganligini takidladi.

Shundan so‘ng Mirobod tuman prokurori yordamchisi Baxtiyor Akramov so‘zga chiqib, yoshlarga doir Davlat siyosati va uning mohiyati, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, bu borada yoshlarning o‘z millati oldidagi burchi nimalardan iborat bo‘lishi kerakligiga talabalar e’tiborini qara­tib o‘tdi. Keyingi yillarda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning o‘ta og‘ir turlari ham qayd etilib, bunday holat ijtimoiy muhitning buzilishi va bunga qarshi ommaviy kurash olib borilishi zarurligi haqida gapirib o‘tdilar. Ta’lim muassasalarida jinoyatchilik, turli diniy aqidapa­rastlik, missionerlik, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida aniq misollar, statistik raqamlar asosida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib, bunday illatlarni bartaraf etishda “prokuror nazorati”, “prokuror soati” joriy etilganini ta’kidladilar. B.Akramov jinoyat uchun jazo muqararligi, jazoning turlari, Jinoyat kodeksidagi ayrim moddalar shahri va mohiyatini talabalarga tushuntirib berdilar. Ma’ruzachi yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni huquqbuzarlik va jinoyachilikdan qaytarish va yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetib, o‘z kuch-quvvati, salohiyatini vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida sarflashdek ulug‘ ishlar bilan band bo‘lishga barchani chaqirdi.

So‘ngra so‘z navbati Mirobod tumani IIB mayori Samariddin Zayniddinovga berildi. S.Zayniddinov ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida mas’uliyatsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar va ularning turlari haqida aniq misollar bilan gapirib o‘tdilar. Tuman hududida yaqin vaqtlarning eng ayanchli voqeasi Tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan mudhish jinoyatchilik oqibati va uning natijasi haqida talaba yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tdilar. Tadbir so‘nggida soha mutaxassislari professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: