Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 27-bor “Yapon tili bo’yicha notiqlik san`ati” tanlovi o’tkazildi

20.02.2018, 17:56 Yangiliklar 344

2018 yil 15-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 27-bor institut miqyosidagi “Yapon tili notiqlik san`ati” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 1-4 kursda tahsil olayotgan talabalar o’z bilim va mahoratlarini ko’rsatishdi. Tanlovda Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Ahmedov Asilbek 3-o’rin, xitoyshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Shukurov Samandar 2-o’rin, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Sotvoldiyeva Xusnida 1-o’rin sovrindori  bo’lishdi.

Tanlovda g’olib bo’lgan qatnashchilar 2018 yil 11-mart  kuni O’zbekiston miqyosida 26-bor o’tkaziladigan yapon tili bo’yicha notiqlik san’ati tanlovi Toshkent davlat sharqhsunoslik instituti vakili sifatida ishtirok etib institutimiz sharafini himoya qilishadi. Ularga omad tilab qolamiz!

photo_2018-03-26_18-01-48 photo_2018-03-26_18-01-35

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: