Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Bitiruvchilar yarmarkasi”

08.02.2017, 18:10 Yangiliklar 817

2017-yil 3-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Bitiruvchilar yarmarkasi” tashkil etilmoqda.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti  jahon standartlariga javob beradigan, mutaxassisligidan tashqari, g‘arb va sharq tillarini biladigan  kadrlari bilan “mehnat bozori”da  o‘z o‘rniga ega.
Bo‘lajak  mutaxassislarni ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi tadbirda bakalavriat va magistratura bosqichlarining bitiruvchi kurs talabalari hamda sohaga taalluqli yurtimizdagi barcha hududlaridan tashrif buyuradigan ish beruvchi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishadi.
“Bitiruvchilar yarmarkasi”ni  o‘tkazishdan asosiy maqsad ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruvchilari o‘rtasida ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlamali shartnomalar tuzish va yosh kadrlarni ish bilan ta’minlashdan iborat.
“Bitiruvchilar yarmarkasi” – “Real ish beruvchi-real ish joylari” shiori ostida bo‘lib o‘tishi hamda tashkilotchilar fikriga ko‘ra, ancha samarali va qiziqarli bo‘lishiga katta ishonch bildirilmoqda.

photo_2017-02-08_18-09-37

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: