Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Giyohvandlik – asr vabosi”, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir

16.12.2017, 19:01 Yangiliklar 566

2017-yil 15-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Sharq filologiyasi” fakultetida “Giyohvandlik – asr vabosi”, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.  Unda TDSHI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Aripov, Mirobod tumani IIB JQB giyohvand moddalar bilan ishlash va uning oldini olish bo‘limi tezkor vakili F.Raxmonov, “Ibn Sino” salomatlik markazi dotsenti G.Usmonova, Institut Ma’naviyat va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i Dj.Shabanov hamda fakultet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekani muovini, professor-o‘qituvchi­lar, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. TDShI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Shavkat Aripov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga giyoh­vandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirib o‘tdilar. Giyohvand moddalarni bir marotaba iste’­mol qilib ko‘rgan odam uni qayta-qayta iste’mol qilishga urinishi va buning oqibatida inson umri zavolga yuz tutishini tushuntirdilar.

Tadbir davomida “Oq ajal” nomli film namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

 photo_2017-12-24_19-02-49 photo_2017-12-24_19-02-52 photo_2017-12-24_19-02-55

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: