Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xalqaro ta’lim kuni”

27.01.2020, 21:49 Yangiliklar 22

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida dunyoda tinchlikni saqlash va barqaror rivojlanishda ta’limning ahamiyati yuqori bo‘lganligi sababli 24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni deb e’lon qilingan.Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 20-yanvardagi 87-03-288-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xalqaro ta’lim kuni” keng nishonlandi.Ushbu tadbirda institutning “G‘arbiy yevropa tillari” kafedrasi o‘qituvchisi  Musina Galiya Gazievna boshchiligida tarjima yo‘nalishi 1-kurs magistrantlari Nazarova Shoira hamda Isakova Nodira ingliz tilida tayyorlagan taqdimotlari yig‘ilish ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan ta’limning bugungi kundagi o‘rni va undagi muammolar bu sohada YuNESKO tashkilotining olib borayotgan ishlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, bahs-munozaralar ularning ta’limga bo‘lgan e’tibori va qiziqishini yanada namoyon etdi.

photo_2020-01-27_13-19-58-300x169 photo_2020-01-27_13-19-57-300x169 photo_2020-01-27_13-19-44-169x300 photo_2020-01-27_13-19-34-300x169 photo_2020-01-27_13-19-32-300x169

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: