Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyaning “JTB Corporation” kompaniyasi bilan uchrashuv

04.09.2019, 21:38 Yangiliklar 84

4-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Yaponiyaning “JTB Corporation” kompaniyasidan tadqiqot guruhi a’zolari, ya’ni guruh boshlig’i Takayuki Suzuki, kompaniya vakillari Nozomi Saito hamda Anna Miyauralar rasmiy tashrif buyurishdi. Yaponiyaning O’zbekistondagi JICO vakilligining talabiga binoan ikki tomonlama turistik hamkorlik qilish va O’zbekistonda turizm biznesini shakllantirish bo’yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun O’zbekistonga tashrif buyurgan “JTB Corporation” kompaniyasining tadqiqot guruhi bilan bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda 2019-yilning sentyabridan 2020-yilning apreliga qadar rejalashtirilgan O’zbekiston bo’ylab sayohatlar davomida TDSHI bilan o’zaro hamkorlik yuritish masalalari muhokama qilindi va bir qancha kelishuvlar amalga oshirildi.