Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Turk adabiyoti osmonidagi porloq yulduzlar”

27.10.2018, 17:56 Yangiliklar 532

2018 yil 27 oktabr kuni institut “Madaniyat saroyi”da Sharq filologiyasi fakulteti, “Turkiy tillar” kafedrasi iqtidorli talaba-yoshlari, Sharq filologiyasi yoshlar ittifoqi kengashi va Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan “Turk adabiyoti osmonidagi porloq yulduzlar” nomli adabiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori I.Bekmuratov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida “Turkiy tillar” kafedrasining faol, iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan turkcha va milliy kuy-qo’shiqlar va raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan Turkiy xalqlar donishmandligi, zehni va mardligini ifoda etuvchi sahna ko’rinishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ona Vatanni, tinchlik va birdamlikni tarannum etuvchi she’rlar o’qidilar. Adabiy kecha davomida Turkiya va turk tili haqida talabalarning bilimlarini sinash maqsadida o’ziga xos viktorina ham o’tkazildi va qatnashchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Kechaga mehmon san’atkor sifatida elimiz ardog’idagi xushovoz xonandalar Sevil Ansar o’g’li va Ali Otajonovlarning sho’x qo’shiqlari barchaga ko’taringki kayfiyat ulashib, adabiy kechaga o’zgacha ko’rk bag’ishladi.

photo_2018-10-29_15-48-09 photo_2018-10-29_15-48-13 photo_2018-10-29_15-48-15 photo_2018-10-29_15-48-18 photo_2018-10-29_15-48-22 photo_2018-10-29_15-48-24

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: