Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiy tillar kafedrasi

 kenjayeva Kenjayeva Poshshajon Umidovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, dotsent.
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (9:00-17:00)
Tel.: +99894 6223229
E-mail: umid7780@inbox.ru


Kafedra tarixi

Turkiy tillar kafedrasi 1991-yil tashkil etilgan. Dastlab, kafedra Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Oltoyshunoslik nomi asosida tuzilgan edi. O‘sha paytlar Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik.

Bugungi kunda Turkiy tillar kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir.

Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab professor Q.Sodiqov, keyinchalik dotsent Q.Omonov, dotsent J.Shabanov, professor Z.Xudoyberganova va dotsent U. Lafasov mudirlik qildi.

Kafedrada ta`lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turkiy tillar kafedrasi oqituvchilari kafedrasining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi bo‘limidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti bo‘limlarida ham talabalarga dars o‘tmoqda.

Kafedra o‘qituv faoliyatining yana bir qirrasi – institutning  filologiya (sharq tillari) yo‘nalishlari uchun umumiy sanalgan tilshunoslik (tilshunoslikka kirish va umumiy tilshunoslik) fanlari ham kafedra yelkasida.

Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi bo‘limlarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5120100-filologiya va tillarni o‘qitish

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

  • 5A 120102-lingvistika

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Tilshunoslikka kirish
  2. Sharqshunoslikka kirish (Mutaxassislikka kirish)
  3. Asosiy sharq tili (Turk tili)
  4. Tanlov fan: Turk tilining fonetik tizimi
  5. Turk adabiyoti
  6. Turk tilining filologiyasiga kirish
  7. Turk tilining o‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar
  8. Umumiy tilshunoslik
  9. Turk tilining nazariy grammatikasi
  10. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  11. AShT (turk tili) maxsus kurs
  12. Turk adabiyotida dramaturgiya
  13. Asosiy sharq tili (uyg‘ur tili)
  14. Tanlov fan: Uyg‘ur tilining fonetik tizimi
  15. Asosiy sharq tilining yozuv tizimi
  16. Usmonli turk tili

Magistratura yo‘nalishi:

  1. Mutaxassislikning nazariy grammatikasi
  2. Lingvistik tadqiqotlari metodologiyasi
  3. Asosiy chet tilida maxsus adabiyoti tahlili
  4. O‘rganilayotgan til tarixi
  5. Turk tili stilistikasi
  6. Turk tili dialektologiyasi
  7. Sharq adabiyotida badiyat masalasi
  8. Sharq adabiyoti jahon adabiyoti kontekstida
  9. AChTdan maxsus adabiyot tahlili
  10. Tanlov fan

Kafedra professor-o‘qituvchilari

  1.  Kenjayeva Poshshajon – filologiya fanlari doktori, dotsent
  2. Omonov Qudratilla – filologiya fanlari doktori, professor
  3. Islamjonova Xafiza – filologiya fanlari doktori, professor
  4. Shabanov Jumali – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  5. Aminova Lola – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  6. Imomova Xolida – PhD, dotsent
  7. Gisarov Farhod – o‘qituvchi
  8. Aripov Muhammadjon – o‘qituvchi
  9. Altinboyev Nuriddin – o‘qituvchi
  10. Salimova Zebo –stajor-o’qituvchi
  11. Shabanova Sadaf – stajor-o’qituvchi
  12. Inog’omova Nigora – stajor-o’qituvchi
  13. Boltaboyeva Hulkar – stajor-o’qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. O‘z R FA qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalar instituti
  2. O‘z R FA Asosiy kutubxonasi
  3. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona
  4. O‘z R FA O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti
  5. O‘z R FA Adabiyot muzeyi
  6. ToshDSHI qoshidagi Olmazor Akademik litseyi
  7. ToshDSHI qoshidagi Yunusobod Akademik litseyi

Kafedraning xalqaro hamkorligi

  1. Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
  2. Turkiya – Anqara Gazi universiteti
  3. Turkiya – Marmara universiteti
  4. Turkiya – Istanbul universiteti
  5. Turkiya – Hajettepe universiteti
  6. Turkiya – Anqara universiteti
  7. Turkiya – Turk Dil Kurumu

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Islomjonova “Путеводитель по языковедческим дициплинам” (2010)
  2. Aminova “Turk tilidan tarjima amaliyoti” (2010)
  3. Sodiqova “O‘zbek tilida hurmat kategoriyasi” (2010)
  4. Shabanov, X.Xamidov “Turk tilining imlo qoidalari” (2010)
  5. Vali Savash Yelok, P.Kenjayeva “Kutilmagan mehmon” (2011)
  6. Omonov “O‘rganilayotgan mamlakat (Turkiya) da til vaziyati” (2013)
  7. Xudoyberganova “Mutaxassislikning nazariy masalalari” (2013)
  8. Rixsiyeva, X.Hamidov “Turk tili” (2013)
  9. Shabanov “Oshiqlar bo‘stonidan guldasta” (2015)
  10. To‘plovchi: U.Lafasov “Muruvvatli ustoz” (2015)
  11. Shabanov, N.Altinboyev “Asosiy organilayotgan til (turk tili, 2016)
  12. Lafasov “O‘zbek tili” (2017)
  13. Lafasov “Nutq madaniyati va notiqlik” (2017)
  14. Aminova, N.Altinboyev “Turk tili” (2017)
  15. I.Dokuchayeva, U.P.Lafasov “Ruscha-ispancha-o‘zbekcha lug‘at (hozir qo‘llanayotgan siyosiy-iqtisodiy so‘zlar)”

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  1. “Sharq mamlakatlari tillarinio‘rganish va tilshunoslikning nazariy masalalari”
  2. “Turkiy tillar tarixi: yozma tilning yuzaga kelishi va tiklanishi masalalari”
  3. “Turkiy tillar tarixida matn tuzish an’anasining shakllanishi va tarixiy takomili hamda yozma til uslublarining
  4. yuzaga kelishi, uning yuksalishi masalalari”
  5. “Tilshunoslikning nazariy masalalari va lingvopoetika”

Kafedraning ilmiy loyihalari

  1. “Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari))”
  2. Xorijliklarga o‘zbek tilini intensiv o‘rgatish masalalari

Fotolavhalar

shabaannn shaban

shabanov

 photo_2019-12-17_22-38-20 photo_2019-12-17_22-38-21 photo_2019-12-17_22-38-18 photo_2019-12-17_22-38-16 photo_2019-12-17_22-38-14 photo_2019-12-17_22-38-13 photo_2019-12-17_22-38-11 photo_2019-12-17_22-38-09 photo_2019-12-17_22-38-06 photo_2019-12-17_22-38-04

 

17.12.2019, 22:43 5003