Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat test markazidan delegatsiya tashrifi

08.10.2019, 13:32 Yangiliklar 64

8-oktabr kuni ToshDSHIga Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat test markazi direktori professor Xalis Aygun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida mehmonlar tomonidan mazkur davlat tashkiloti faoliyati, tizimi va unda olib borilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot berildi. Shu o’rinda, ToshDSHI rektori dotsent G.Rixsiyeva institut faoliyati, turkologiya sohasining rivojlanishi va Turkiy tillar kafedrasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Uchrashuv chog’ida mehmonlar Turkiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari va ularning faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar institutda turkologiya sohasi rivojlanishiga berilayotgan e’tiborni yuqori baholashdi.

7632D3EA-1DCD-42EC-B70B-EF0686DD87F9