Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi delegatsiyasi a’zolarining ToshDSHIga tashrifi

04.02.2020, 13:21 Yangiliklar 20

4-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurishdi. Mazkur uchrashuv institut  madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ToshDSHI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Mahmudov so‘zga chiqib, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talaba-yoshlarga “Turkiya grantlari” dasturi bo‘yicha Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Turkiya grantlari bakalavr, magistratura, doktorantura va ilmiy stajirovkalarga ajratilishi belgilangan. Shu o‘rinda, mehmonlar ushbu grantni olish uchun qo‘yilgan talablar bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tishdi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar ToshDSHIda tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdor bo’lib, kelgusi hamkorlikka umid bildirishdi.

photo_2020-02-05_15-01-17-1024x768 photo_2020-02-05_15-01-13-300x225 photo_2020-02-05_15-01-09-300x225

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: