Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ulug‘ ajdodlarimiz merosi yosh sharqshunoslar talqinida”

12.02.2020, 16:04 Yangiliklar 0

12-fevral kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining Mumtoz filologiya kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunlari munosabati bilan “Ulug‘ ajdodlarimiz merosi yosh sharqshunoslar talqinida” nomli tadbir uyushtirildi. Tadbirni institut rektori fil.f.n., dots. G.Sh. Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida institut rektori bo‘lg‘usi yosh mutaxassislarga mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining ijodlarini chuqur o‘rganish, ular qoldirgan bebaho asarlarni tadqiq etish masalalariga jiddiy e’tibor berish kerakligini uqtirdi. Shu bilan birga, fakultet hamda institut miqyosida navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini tashkil etish, ijodkorlar ijodidan namunalarni yod bilish har bir sharqshunos uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida navoiyshunos (prof. B.To‘xliev) va boburshunos (fil.f.n. B.Rajabova) olimlar chiqishlari bilan talabalarga o‘z izlanish natijalarini ma’ruza qildilar. Tadbirga talabalarning Navoiy va Bobur ijodi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi o‘zgacha zavq berdi. Ayniqsa, “Nihol” mukofoti sovrindori Ilyosjon Arabovning Navoiy va Bobur g‘azallaridan kuylagan qo‘shiqlari o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

 

Tadbirni Sevimli telekanali ham yoritdi.

photo_2020-02-13_11-03-24 photo_2020-02-13_11-03-32 photo_2020-02-13_11-03-35

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: