Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Urdushunos olim, dotsent Toshmirza Xolmirzayev bilan kafedra talabalarining uchrashuvi

22.11.2019, 13:09 Yangiliklar 9

22-noyabr kuni ToshDSHIning Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasida ko’p yillar ishlagan, O’zbekistonning Pokistondagi elchixonasi ochilishida bosh bo’lgan, urdushunos olim, dotsent Toshmirza Xolmirzayev bilan kafedra talabalarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ustoz-olim talabalarga sharqshunoslik tarixi, sharqshunos kasbi, diplomatiya sohasidagi o’z faoliyatlari hamda kafedrada pedagog sifatida ishlagan davrlari bilan bog’liq qiziqarli voqealarni so’zlab, O’zbekistondagi urdushunoslik tarixi hamda unga solib, bu sohani rivojlantirishga hissa qo’shgan ustozlar haqida qimmatli ma’lumotlar berdilar. Ushbu uchrashuv talabalarda tanlagan sohasiga qiziqishni yanada kuchaytirdi. Shu o’rinda, ustozimizga Pokiston hukumati O’zbekistonda urdu tilini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun “Sitar-e imtiyaz”, joriy yilda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlanganliklarini alohida ta’kidlab o’tish joizdir.

photo_2019-11-27_13-10-27 photo_2019-11-27_13-10-29