Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

USTOZLAR TA’LIMI – HAYOT MUALLIMI

09.03.2017, 20:52 Yangiliklar 792

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimiz bir guruh ilm-fan namoyondalari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari bilan “Ustozlar ta’limi – hayot muallimi” nomli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazish jadvali tasdiqlangan bo‘lib, mazkur jadval asosida navbatdagi uchrashuv 2017-yil 9-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining har ikkala binosida bir vaqtda bo‘lib o‘tdi. Institutning asosiy binosi “Madaniyat saroyi”da Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ustoz talaba-yoshlarga o‘zining ilm egallashdagi mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganligini, ilm olishda bundan chorak asr oldingi va bugungi kunda yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g`risida gapirdi.
Institutning ikkinchi binosida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Ne’matilla Ibrohimov bilan bo‘lgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Professor Ne’matilla Ibrohimov yig`ilganlarga ilm insonni zulmatdan ziyoga, jaxolotdan ma’rifatga, turg`unlikdan taraqqiyotga eltuvchi yo‘l ekanligini aytib o‘tdi. Yurtimizda ilmiy sohada amalga oshirilgan ko‘plab samarali ishlar haqida gapirdi. Uchrashuv so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savolariga atroflicha javob oldilar. Har ikkala uchrashuv talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

photo_2017-03-09_20-47-18 photo_2017-03-09_20-47-37photo_2017-03-09_20-51-52 photo_2017-03-09_20-51-55

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: