Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch”

21.01.2018, 17:48 Yangiliklar 820

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017-yil 11-dekabrdagi 07/1-3109-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bir qator tadbirlar, jumladan davra suhbatlari, sport o‘yinlari va shuningdek, harbiy xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylar xonadonlariga tashriflar uyushtirildi. Yurtimizda bayram shukuhi davom etayotgan bir pallada bizning oliygohimizda ham joriy yilning 19-20 yanvar kunlari 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” mavzusida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirobod tumani Mudofaa ishlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Milliy Universiteti Harbiy kafedrasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ofitserlari va harbiy orkestr jamoasi ishtirok etishdi. Mehmonlar tadbirni tashkil qilgan tashkilotchilarga, institut rahbariyati va iqtidorli talaba-yoshlariga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbirning badiiy qismida institut talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

photo_2018-01-20_18-23-28 photo_2018-01-20_18-23-53 photo_2018-01-20_18-24-02 photo_2018-01-20_18-24-13

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: