Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yaponiyaning Sukuba, Tokio chet tillari, Xosey va Toyo universitetlari, Koreya Respublikasining Xanshin, Xankuk, Kyung-Xi, Pukyongi universitetlari va Koreya Foundeyshn jamg‘armasi, Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou, Shanxai, Sian universitetlari va Xanban ta’lim tashkiloti, Hindistonning G‘olib instituti, Vetnamning Xanoy davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat universiteti, Fransiyaning Parij Sharq tillari va sivilizatsiyasi instituti, Buyuk Britaniyaning Lankashir markaziy universiteti kabi 50dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Institutimiz xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, on-layn rejimida videokonferensiyalar o‘tkazish va xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Yurtimizda faoliyat yurgazayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining KOICA, Yaponiyaning JICE, JISA, Misr madaniyat markazi, Lal Baxodur Shastri nomidagi hind madaniyat markazi, Turkiyaning TIKA, Germaniyaning GOETHE instituti, Buyuk Britaniyaning BRITISH COUNCIL va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.
Sharq tillari, adabiyoti, tarixi va madaniyatini o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilash va ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida Xalqaro aloqalar bo‘limi hamroxligida institutimizda bir nechta markaz tashkil etildi:
• Konfusiy nomli o‘zbek-xitoy instituti, 2005-yilning mayida;
• Sukuba universitetining Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi, 2006-yilning sentabrida;
• Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazi, 2007-yilning aprelida;
• O‘zbek va pokiston hamdo‘slik markazi, 2009-yilning mayida;
• Vetnam tili va madaniyati markazi, 2012-yilning noyabrida;
• Indonez tili vа mаdаniyati mаrkаzi, 2013-yilning mаrtidа;
• Koreyashunoslik mаrkаzi, 2013-yilning аprelidа.
Har yili 20 ga yaqin Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlardan taklif etilgan malakali professor-o‘qituvchilar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseylar va Konfusiy institutida o‘rganilayotgan davlat tili, adabiyoti va iqtisodiyotidan dars berib kelmoqdalar.
Shu bilan birga, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Vetnam, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya singari davlatlarning fuqarolari bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olmoqdalar.
TDShIning ko‘plab professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Osiyo, Yevropa hamda boshqa mintaqa davlatlarida o‘tkaziladigan tilshunoslik, sharqshunoslik, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, tarix, mintaqashunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. O‘zbek sharqshunoslik fani yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda TDShI Xalqaro aloqalar Kengashi tomonidan tasdiqlangan, institutda yuqori baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol qatnashadigan, xulqi namunali talabalar hukumatlararo, institutlararo hamkorlik bitimlarga asosan o‘qib kelmoqdalar. Har yili 50 nafarga yaqin bakalavr va magistrantlar  Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Indoneziya, Hindiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga, ta’lim markazlariga qisqa va uzoq muddatli stajirovkaga yuboriladi.

TDSHI va xorijiy hamkor ta’lim va ilmiy muassasalar bilan tuzilgan bitim, memorandum va shartnomalar
RO‘YXATI

Xorijiy hamkor Mamlakat Hujjat to‘liq nomi Imzolangan sana Amal qilish muddati
1 Ataturk universiteti Turkiya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2018 yil 3 may Har besh yilda uzaytirib boriladi
2 Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Rossiya Federatsiyasi Hamkorlik bitimi 2017 yil noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
3 Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti Rossiya Federatsiyasi Hamkorlik bitimi 2017 yil 5 sentabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
4 Kongdju milliy universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2017 yil 29 may Har besh yilda uzaytirib boriladi
5 Loran Etvyosh nomidagi Budapesht universiteti Vengriya Anglashuv memorandumi 2017 yil 25 iyul Har besh yilda uzaytirib boriladi
6 Vivekananda xalqaro hamkorlik fondi Hindiston Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2017 yil 25 avgust Har besh yilda uzaytirib boriladi
7 Sunchon milliy universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2017 yil 23 oktyabr’ Har besh yilda uzaytirib boriladi
8 Sun-Mun universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2017 yil 23 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
9 Xanyang universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2017 yil 23 iyun Har besh yilda uzaytirib boriladi
10 Sulton Idris nomidagi Malayziya pedagogika universiteti Malayziya Anglashuv memorandumi 2017 yil 21 iyul Har besh yilda uzaytirib boriladi
11 Indoneziya universiteti Indaneziya Memarandum 2017 yil 20 dekabr’ Har besh yilda uzaytirib boriladi
12 Xunan pedagogika universiteti Xitoy Xalq Respublikasi Hamkorlik  bitimi 2016 yil 28 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
13 Vaseda universiteti Yaponiya Hamkorlik  bitimi 2016 yil 27 oktabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
14 Malayziya islom instituti Malayziya Memarandum 2016 yil 20 sentyabr’
15 Sofiya universiteti Yaponiya Hamkorlik bitimi 2016 yil 18 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
16 Sukuba universiteti Yaponiya Hamkorlik bitimi 2015 yil 25 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
17 “Korea Faundatiton” xalqaro hamkorlik tashkiloti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2015 yil 31 avgust Har besh yilda uzaytirib boriladi
18  Sian xalqaro ilmiy universiteti Xitoy Xalq Respublikasi Hamkorlik bitimi 2015 yil 20 avgust Muddatsiz
19 Markaziy Lankashir universiteti Buyuk Britaniya Anglashuv bayonnomasi 2013 yil 9 oktabr Har bir yilda uzaytirib boriladi
20 Chelyabinsk davlat universiteti Rossiya Federatsiyasi Hamkorlik bitimi 2013 yil 5 sentabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
21 Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Qozog‘iston Respublikasi Hamkorlik bitimi 2013 yil 20 iyul Har besh yilda uzaytirib boriladi
22 Shanxay universiteti Xitoy Xalq Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2013 yil 12 aprel Har besh yilda uzaytirib boriladi
23 Teguxan universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2012 yil 19 fevral Muddatsiz
24 Parij sharq tillari va sivilizatsiyasi milliy instituti Fransiya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2012 yil 15 fevral Har besh yilda uzaytirib boriladi
25 Lanchjou universiteti Xitoy Xalq Respublikasi Hamkorlik bitimi 2012 yil 1 may Muddatsiz
26 Vetnam davlat universiteti Vetnam Hamkorlik bitimi 2011 yil 3 oktabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
27 Toyo universiteti Yaponiya Anglashuv bayonnomasi 2010 yil 22 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
28 Pukyon milliy universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2010 yil 05 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
29 Fukuoka xotin qizlar universiteti Yaponiya Hamkorlik  bitimi 2009 yil 6 iyul Har besh yilda uzaytirib boriladi
30 Dayjin universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2009 yil 16 yanvar Har besh yilda uzaytirib boriladi
31 Chinbuk milliy universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik  bitimi 2008 yil 6 oktabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
32 Kyung-xi universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2007 yil 30 avgust Muddatsiz
33 Namseul Koreya Respublikasi Akademik xamkorlik  xakida 2007 yil 29 mart Har besh yilda uzaytirib boriladi
34 Xanshin universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2007 yil 27 aprel Muddatsiz
35 Kukmin universiteti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2006 yil 26 iyul Har besh yilda uzaytirib boriladi
36 Dehli universiteti Hindiston Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2006 yil 25 aprel Har besh yilda uzaytirib boriladi
37 “TIKA” xalqaro hamkorlik tashkiloti Turkiya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2005 yil 20 oktabr Har bir yilda uzaytirib boriladi
38 G‘olib instituti Hindiston Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 2005 yil 14 mart Muddatsiz
39 Vashington universiteti AQSh Hamkorlik bitimi 2004 yil aprel Har besh yilda uzaytirib boriladi
40 Chung-ang universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2004 yil 24 sentabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
41 Helvan universiteti Misr Arab Respublikasi Hamkorlik bitimi 2004 yil 24 mart Har besh yilda uzaytirib boriladi
42 Kangnam universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2004 yil 21 may Muddatsiz
43 Vetnam ijtimoiy-gumanitar fanlari instituti Vetnam Anglashuv bayonnomasi 2002 yil dekabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
44  Tyanszin xalqaro aloqalar politexnika instituti Xitoy Xalq Respublikasi Hamkorlik bitimi 2001 yil 4 sentabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
45 Sedjong universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 2001 yil 2 may Har besh yilda uzaytirib boriladi
46 Xankuk universiteti Koreya Respublikasi Akademik almashinuv to‘g‘risida bitim 2000 yil 21 noyabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
47 Otaturk universiteti Turkiya Respublikasi Uzaro xamkorlik shartnomasi 2000 yil 14 dekabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
48 Rotterdam islom universiteti Niderland qirolligi Hamkorlik bitimi 1999 yil 7 iyun Har uch yilda uzaytirib boriladi
49 San Diego davlat universiteti AQSh Hamkorlik bitimi 1998 yil 1 dekabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
50 Tokio chet tillar universiteti Yaponiya Hamkorlik bitimi 1997 yil 20 avgust Har besh yilda uzaytirib boriladi
51 Qohira universiteti Misr Arab Respublikasi Hamkorlik bitimi 1997 yil 12 mart Har besh yilda uzaytirib boriladi
52 Xosey universiteti Yaponiya Hamkorlik bitimi 1996 yil 1 avgust Har besh yilda uzaytirib boriladi
53 Sunk-kyol universiteti Koreya Respublikasi Hamkorlik bitimi 1995 yil 19 sentabr Har besh yilda uzaytirib boriladi
54 “KOICA” xalqaro hamkorlik tashkiloti Koreya Respublikasi Anglashuv bayonnomasi 1993 yil 20 sentabr Muddatsiz
55 Al-Azxar universiteti Misr Arab Respublikasi Hamkorlik bitimi 1992 yil 8 may Har besh yilda uzaytirib boriladi
56 Mansur universiteti Misr Arab Respublikasi Uzaro xamkorlik shartnomasi 1992 yil 10 may Har uch yilda uzaytirib boriladi

 

 

 

26.09.2018, 17:50 5287

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: