Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro loyihalar, jalb etilgan sarmoyalar va grantlar

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Gollandiyaning Leyden universiteti bilan o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan mobillik (International Credit Mobility – ICM)  loyihasida ishtirok etmoqda. ICM loyihasi orqali ikki oliy ta’lim muassalarining ilmiy-pedagogik kadrlar almashinuvi yo’lga qo’yilgandir.

Xususan, 2018-yil 12-13 mart kunlari  dasturi doirasida Niderlandiyaning Leyden universitetidan tashrif buyurgan doktor Yelena Paskaleva “Islomdan oldingi va islom davri shaharchilik madaniyati” mavzusida ma’ruzalar qildi. Ma’ruzachi shu kungacha bu sohada erishilgan yutuqlar va tadqiqotiga oid ilmiy yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, ma’ruzada Markaziy Osiyo, xususan, Hirot va Samarqand arxitekturasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar professor-o‘qituvchi va talabalar e’tiboriga havola qilindi.

Joriy ilning 26-27-mart kunlari esa  Leiden universiteti doktori P.A.Webb TDSHIga tashrif buyurdi va “Al-Jahiliyya in thought of arabs” (“Arab tafakkurida al-johiliyya masalasi”)ga bag’ishlangan ma’ruza o’qidi. Ma’ruzada arab tili, adabiyoti va tarixi bo’yicha mutaxassis professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavr yo’nalishlari talabalari qatnashdi va qizg’in savol va javoblarda ishtirok etishdi. Xususan, ma’ruzada al-johiliyya so’zining etimologiyasi,  ilohiy kitoblardagi ma’nolari qiyosiy tadqiqi, ishlatilish evolyutsiyasi masalalari ko’rib chiqildi.

2018-yilning 26-28-may kunlari Leyden universiteti dotsenti Gabrielle van den Berg  institutiga tashrif buyurdi va “Ipak yo’li bo‘ylab kitobat san’ati: “Shohnoma” tasvirlari misolida”, “Ipak yo’li bo‘ylab kitobat san’ati: “Odam ato va momo Havo” hikoyasi tasvirlari misolida” mavzularida seminar, “G’aznaviylar saroyi: tarix va she’riyat uyg’unligi” mavzusida mahorat darsi o’tadi.

2018-yilning iyun oyida  Leyden universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi doktori, PhD Yelena Paskaleva TDSHIga yana bir bor tashrif buyurib, Temuriylar davri yodgorliklarini o‘rganish mavzusi doirasida ma’ruzalar o‘qidi.

Ta’kidlash joizki, dunyoning eng nufuzli 100 ta universiteti ro‘yxatida 64 o‘rinda turadigan Leyden universitetida mazkur loyiha doirasida  ToshDShI professorlari Sh.A.Yovqochev va B.Bobojonov, U.Muhibova, Sh.Kamoliddinlarning ham  ma’ruzalari o‘tkazilib, yuqori baholandi.

photo_2018-03-14_17-21-17photo_2018-03-14_15-14-14

IMG_0132

 

 

02.10.2018, 14:28 533

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: