Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro darajada tan olingan, reytingi yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha ma’ruza

30.12.2019, 18:43 Yangiliklar 22

30-dekabr kuni ToshDSHI “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasi doktoranti N.Karimov “Xalqaro darajada tan olingan, reytingi yuqori bo‘lgan (SCOPUS bazasidagi) jurnallarda maqola chop etish” mavzusi bo‘yicha ilmiy seminarda ma’ruza qildi.Unda fakultet dekani Z.M.Qodirov, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va kafedralarning professor-o‘qituvchilari hamda TDShI akademik litseyi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh.A.Sadirxonova hamda kafedra o‘qituvchilari S.Umirov, R.Shaahmedovlar ishtirok etishdi.Z.M.Qodirov so‘zga chiqib, fakultet jamoasi ta’til kunlari rejasiga muvofiq rejalashtirilgan seminarlar doimiy tarzda o‘tkazilayotganligi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi doktoranti N.Karimovning mazkur mavzudagi ma’ruzasi professor-o‘qituvchilar uchun ta’lim sohasida naqadar doolzarbligi hususida fikr bildirib davrani ochib berdi.N.Karimov so‘zga chiqib, SCOPUS bazasiga kirgan xorij jurnallari bilan tanishtirdi, jurnallarni tanlash, ularda maqolalar chop etish, maqolalarni joylashtirish borasida ma’lumotlar berdi. Nutqi davomida misol tariqasida o‘zining SCOPUS bazasida chiqqan maqolasini namoyish qilib bordi. Ma’ruzasi so‘ngida professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.ToshDSHI akademik litseyi tomonidan tashrif buyurgan o‘qituvchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, yetarlicha javoblarni oldilar. Ma’ruza so‘nggida ToshDSHI Tarix va falsafa fakultetida tashkil qilinadigan ilmiy-amaliy va ilmiy-seminarlarga akademik litsey o‘qituvchilarini doimiy taklif qilish yo‘lga qo‘yilishi haqida kelishib olindi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: