Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHIda Xalqaro hindiy tili kuni

10.01.2020, 22:08 Yangiliklar 10

2020 yil 10 yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va L.B.Shastri nomli Hind madaniyat Markazi bilan hamkorlikda «hindiy tili kuni» nishonlandi.

Tadbirda Hindistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Kumar Dja, Hind madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar, 24-umumta’lim maktabi va TDShI qoshidagi Yunusobod akademik litsey o‘quvchilari, Jahon tillari universiteti hindiy tili o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda elchi janoblari tabrik so‘zi bilan chiqib, viktorina g‘oliblarini kitoblar bilan taqdirladi hamda institut rahbariyati va uning jamoasiga bugungi kunda institutda hind tilini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G.Rixsiyevа so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizning Hindiston Respublikasi bilan turli sohalarda o‘zaro aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligi, ta’lim sohasida institutda kelgusida hindshunoslikni yanada rivojlantirish maqsadida katta rejalar qo‘yilganligi, bu rejalarni amalga oshirishda institut jamoasi va hind do‘stlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishga umid bildirdi.

Tadbir talaba va o‘quvchilar tayyorlagan madaniy chiqishlar bilan qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

photo_2020-01-11_12-42-59 photo_2020-01-11_12-43-02 photo_2020-01-11_12-43-15 7A5F2E38-0FA3-49E8-BE55-02FC8FA66D39 35D36F4F-A12C-4A49-ACF1-7AE9F642E44F  07646447-A191-438F-8902-8019810CC65C 37679E7E-C503-4AC3-AEC0-88A20E018884 F0ADBA8A-3287-46A5-BE6C-5A644078EB69