Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xamsa intellektual o’yini

19.03.2020, 10:08 Yangiliklar 19

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Xamsa intellektual o’yini tashkilotchilari bilan hamkorlikda ilk bora o’zbek tilida Xamsa intellektual o’yini tashkil etildi. Yoshlar orasida tobora ommalashayotgan ushbu o’yin o’z atrofiga yuzlab intellektual o’yin shaydolarini jamladi. Turnirda 20 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi. Dastlab saralash bosqichi o’tkazilib unda eng kuchli 8 jamoa yarim finalga yo’l oldi. Shiddatli o’tgan yarim finalda jamoalar ochkolar hisobida bir birlaridan o’zib ketishga harakat qilishdi. Lekin finalga faqatgina 4 ta jamoa yo’l oldi. Finaldagi savollar avvalgi bosqichlardan biroz murakkabroqligi va qiziqarliligi bilan ajralib turdi. Murosasiz kechgan final raundida eng ko’p ochko jamlagan DC jamoasi oltin medallarni hamda turnirning bosh kubogini qo’lga kiritdi.IMG_20200315_150810 IMG_20200315_151436 IMG_20200315_151607 IMG_20200315_151717 IMG_20200315_151839